Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik shifokorlar va hamshiralar malakasini oshirish orqali Kuvayt shifoxonalariga ishlash uchun jalb qilinishi kutilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston elchixonasida Kuvaytning Adan Hospital klinikasi shifokori, yirik sarmoyador Muhammad Hasan al-Kandari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda tibbiyot sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda amalga oshirilgan va oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar muhokama etildi.

Tomonlar O‘zbekistonda yosh bolalarda ko‘z va yurak bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashdi.

Kuvayt vakili, shuningdek, O‘zbekistonda Training center tibbiyot o‘quv markazini ochish taklifini bildirdi. Taʼkidlanishicha, markaz o‘zbekistonlik shifokorlar va hamshiralarni malakasini oshirish orqali Kuvayt shifoxonalariga ishlash uchun jalb qilinadi.

Muzokaralar yakunida mazkur masalani batafsil muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »