Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha “to‘siqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mutasaddilarga madaniy meros, muzey va konsert-tomosha obyektida bunday odamlarga qulay sharoitlarni yaratish, mehmonxonalardagi o‘rinlarni nogironligi borlarga moslashtirish topshirildi.

Nogironligi bor sayyohlar uchun transport, mehmonxona, madaniyat obyektlari va ziyoratgohlarga haftalik va oylik maxsus chegirmalar berish grafigi tasdiqlanadi.

Xodimlarining 50 foizida nogironlik bo‘lgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati beriladi. Bunday odamlarni ishga olgan korxonalarga tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha ball beriladi.

Nogironligi bo‘lganlarni kasbga tayyorlaydigan 4 ta ixtisoslashgan maktabni tarmoq rahbarlari otaliqqa oladi. Bu maktab o‘quvchilariga ishlab chiqargan mahsulotini davlat xaridlari doirasida to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi.

Avvalroq ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarida nogironligi bo‘lgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »