Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litvada o‘zbekistonliklar uchun ikki soha bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga ro‘yxatga olish hali ham ochiq, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati. 

Foto: Drive2.ru

Maʼlum qilinishicha, ish turi: tikuvchi, yuk avtomobili haydovchisi. Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan: 

  • 21-45 yosh (haydovchi), 18-55 yosh (ayollar uchun tikuvchilik);
  • rus tilida erkin muloqot qilish;
  • “CE” haydovchilik guvohnomasi, Chip karta, kod 95;
  • ayollar kiyimini tikish;
  • tikuvchilik va haydovchilik sohasida kamida 1 yillik tajriba;
  • sudlanmagan;
  • xorijga chiqish taqiqlanmagan;
  • jismonan va ruhan sog‘lom;
  • zararli odatlardan holi.

Ish haqi: 700 yevro (tikuvchilik uchun), 1600 yevro (yuk avtomobili haydovchisi uchun). Ish beruvchi hisobidan yotoqxona va transport xarajatlari qoplab beriladi. Fuqaro hisobidan esa agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 10 baravari, aviachipta, viza to‘lovi.

Ro‘yxatdan o‘tish (tikuvchilik, nomzodlar 100 nafarga yetsa, ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi).

Ro‘yxatdan o‘tish (yuk avtomobili haydovchisi, nomzodlar 5000 nafarga yetsa, ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »