Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar beradi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Maʼlum bo‘lishicha, Samarqand tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha kichik inspektori Sh.J xizmat mavqeyidan foydalanib, vakolatiga kirmasa-da, Favqulodda vaziyatlar tuman bo‘limi yo‘riqchi-qutqaruvchisi hamda Profilaktika va nazorat bo‘linmasi kichik inspektori bilan birgalikda Samarqand tumani “Qaynama” MFY hududida joylashgan “O.P.” va “R.K. 777” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida yong‘in xavfsizligi yuzasidan tekshirish o‘tkazgan.

Tekshirish yakunida “O.P” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari L.R.ning o‘zi va opasi K.R.ga tegishli “R.K. 777” MCHJlarda yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha bir qator kamchiliklar aniqlanganini vaj qilib, ushbu kamchiliklarni tekshirish dalolatnomasiga qayd etmasligi va ularni maʼmuriy javobgarlikka tortmasligi uchun 600 dollar miqdoridagi pul mablag‘ini berishni talab qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.J. talab qilingan pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonuniy chora ko‘rilishi belgilangan.

Avvalroq Namanganda DXM xodimi ming dollar pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »