Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Markaziy banki yanvar oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, yanvar oyida aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan biroz sekinlashib, 13,1 foizni tashkil etdi. Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari hamda kommunal xizmatlar qimmatlashishini qayd etgan respondentlar ulushi oshgan bo‘lsa, valyuta kursi o‘zgarishini omil sifatida belgilagan respondentlar ulushi kamaygan.

Shuningdek, aholining eng yuqori inflyatsion kutilmalari ishlab chiqarish sohasida faoliyat olib boradigan respondentlar hamda pensionerlar tomonidan qayd etilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha eng past kutilmalar savdo sohasida kuzatildi.

Aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri va Samarqand viloyatida kuzatilgan bo‘lsa, eng past inflyatsion kutilmalar Andijon viloyatida istiqomat qiladigan aholi tomonidan qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »