Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar oyida tashqi savdo aylanmasi 4,2 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, tashqi savdo aylanmasi (TSA) hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 870,1 million dollarga yoki 17,2 foizga kamaygan. O‘zbekiston 2024-yilning yanvar oyida jahonning 137 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (27,2 foiz), Rossiya (18,3 foiz), Qozog‘iston (6,5 foiz), Turkiya (5,1 foiz) va Janubiy Koreyada (4,3 foiz) qayd etilgan.

O‘tgan oyda eksport 1,1 milliard dollarga (-47,1 foiz) yetgan bo‘lsa, import 3,1 milliard dollarni (+4,1 foiz) tashkil etgan. Salbiy saldo — 1,9 milliard dollar.

Yanvar oyida prezident mamlakatdagi eksport holatini tanqid qilgandi

Shavkat Mirziyoyev raisligida yanvar o‘rtalarida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgandi. O‘shanda prezident bevosita investitsiya, sanoat va eksportga masʼul 11 ta vazirlik va idora, 10 ta uyushma, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, bundan tashqari, barcha vazirlik, tarmoq va hududlarda eksport va investitsiyaga masʼul rahbar o‘rinbosari faoliyat yuritayotgan investitsiyalar va tashqi savdo tizimining faoliyati juda sustligini ko‘rsatib o‘tgan edi.

Shuningdek, yig‘ilishda hozirgi murakkab vaziyatda tizimda investitsiya va eksport bo‘yicha chuqur tahlil yo‘qligi tanqid qilingandi. Mamlakatda eksportni kreditlashga 200 million dollar resurs berilgan, bundan tashqari, bu yil eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga 800 milliard so‘m yo‘naltirilmoqda. Prezident Eksport agentligi eksportchilarga haqiqiy ko‘makchi bo‘lish o‘rniga davlatdan berilgan tayyor pulni yo‘naltiradigan “buxgalter-kassir”ga aylanib qolganini tanqid qilingan edi.

Undan oldinroq esa davlat rahbari iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq bergandi. Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o‘rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlariga masʼuliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. So‘rov ham shunga yarasha qattiq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »