Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyadagi zilzila paytida qulagan uylardan birining pudratchisi Muslim Demirer 18 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Avvaliga sud bir ovozdan uni 21 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum qilgandi. Biroq sudlanuvchining o‘g‘li uy qulab tushishi oqibatida vafot etgani sababli muddat qisqartirildi.

Bu 2022-yil fevralidagi kuchli zilzila paytida binolarning vayron bo‘lishi bilan bog‘liq sud jarayonlarida chiqarilgan birinchi qarordir.

Foto: Google Images

Jabrlanganlar vakillari Muslim Demirerga maksimal jazo berilishini talab qildi, deb xabar beradi Anadolu. Shanliurfada uyning qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘lgandi. Bino qurilishiga mas’ul bo‘lganlardan 3 nafari zilziladan oldin vafot etgan.

6-fevral kuni 7,8 va 7,5 magnitudali zilzilalar mamlakat janubi-sharqida to‘qqiz soatlik farq bilan sodir bo‘ldi. Oqibatda 53 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, ba’zi shaharlar butunlay vayron bo‘ldi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tgan yili binolarning vayron bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarda 1,3 mingdan ortiq odam mahkamaga tortilganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »