Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ingliz tilini biladigan o‘zbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nomzodlar tibbiyot texnikumi (yoki oliy hamshiralik ishi) talabasi yoki bitiruvchisi bo‘lishi, IELTS 7 yoki OET 3,5 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi hamda sudlanmagan bo‘lishi lozim.

Ish haqi 3 ming dollardan boshlanadi, oilani olib ketish imkoniyati ham bor.

Qayd etilishicha, loyiha Buyuk Britaniyada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, nomzodlar uchun mehnat sharoitlari (nafaqa, sug‘urta, taʼtil, bepul tibbiy xizmat) Britaniya mahalliy hamshiralari bilan bir xil.

Samarqand shahrida joylashgan MEDECON universitetida ingliz tilini bilmaydigan hamshiralarga OET, CBT va OSCE maxsus kurslari tashkil etilgan;

OET imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon, viza, sug‘urta, aviachipta va Buyuk Britaniyada yashash joyi (dastlabki 2 oy uchun) xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »