Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 29-fevral kuni Xorazm viloyatiga tashrif doirasida Voltalia kompaniyasi bosh direktori Sebastyen Kler bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Fransiyaning ushbu kompaniyasi qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi inshootlarni qurishda boy tajribaga ega. Hozirda dunyoning 20 mamlakatida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar tufayli keng qamrovli tus olgan O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrif doirasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Shu maʼnoda Voltalia bilan hamkorlikda Tuproqqalʼa tumanida quvvati 100 megavattli quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi doirasidagi ishlar boshlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelgusida agrovoltaika yechimlarini joriy qilgan holda uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish mumkinligi taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari kompaniya bilan hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan Xorazm viloyatida akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Buxoro viloyatida gibrid turdagi elektr stansiyasini qurish rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »