Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 29-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumaniga borib, yangi ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident dastlab poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. Jamoatchilik ishtirokidagi yig‘ilishda bu loyihaning samaradorligi, aholi hayotidagi ahamiyatini ta’kidladi.

“Orolbo‘yi mintaqasini, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish, avvalo, ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatib, murakkab vaziyatda yashayotgan aholimizga qulay sharoitlar yaratish mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining bosh maqsadlaridan biridir. Ilgari ham aytganimdek, Qoraqalpog‘istonning taqdiri bu — O‘zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi bu — butun O‘zbekiston xalqining baxti va farovonligidir. Bugun mana shu ezgu maqsadni amalga oshirish yo‘lida yana bir ulkan qadam qo‘ymoqdamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ko‘prik qurilgan joy O‘zbekistonning eng chekka hududlaridan biri. Shu paytgacha odamlar o‘tgan asrning elliginchi yillarida olib kelingan eski ponton ko‘prikdan foydalanib kelar edi. Har bahorda muz erib, daryoda suv ko‘payishi bilan u jiddiy shikastlanardi. Bu daryoning ikki tomonidagi aholiga juda ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirardi.

Masalan, Amudaryo tumani aholisi avtomobilda Nukusga borish uchun Urganch va Beruniy orqali yurishga majbur edi. Buning uchun qo‘shimcha 180 kilometr yo‘l yurishga to‘g‘ri kelardi. Poyezdda esa Xorazmning sharq tomonidagi Xazorasp ko‘prigidan o‘tib kelinardi.

Yangi ko‘prik tufayli bu qiyinchiliklar barham topadi, xalqning uzog‘i yaqin bo‘ladi. U orqali Qoraqalpog‘iston bilan Xorazmni bog‘laydigan eng yaqin avtomobil va temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Ko‘prikning uzunligi 423 metr. U bilan birga Shovot—Qorao‘zak bekatlarini bog‘laydigan 85 kilometrlik temiryo‘l hamda 3 ta vokzal ham barpo etildi.

Ko‘prik ikki tarafga qarab 24 juft poyezdni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu orqali temiryo‘l masofasi 180 kilometrga, yuk tashish tezligi esa 6 soatgacha qisqaradi. Bu esa mahalliy yuklarni tashish hajmini yiliga 2 barobarga oshirish, tashish tannarxini 2 barobarga kamaytirish imkonini beradi. Ushbu temiryo‘l orqali Qozog‘iston va Rossiyaga ham yangi yo‘nalishlar ochiladi.

Shuningdek, Qorao‘zak konlaridan tosh endi poyezdlarda tashilishi hisobiga Orobo‘yi mintaqasidagi 4 million aholi va turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil yo‘llari sifatli saqlanadi. Bundan ham aholi, ham tadbirkor va turistlar katta manfaat topadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Biz birgalikda bunyod etgan bu muhtasham ko‘prik shunchaki navbatdagi infratuzilma inshooti emas. Bu ko‘prik, avvalo, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi mustahkam ishonch va do‘stlik, og‘zibirlik va hamkorlik ko‘prigidir. Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir. Mana shu azim daryoning ikki sohilida, shunday yorug‘ kunlarni orzu qilib yashab kelayotgan ming-minglab yurtdoshlarimizning umidlari ro‘yobga chiqqan tarixiy kun barchamizga muborak bo‘lsin”, — dedi prezident.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari og‘ir iqlim sharoitida mehnat qilgan quruvchilarga, loyihachi va muhandislarga, ko‘prikni barpo etishga munosib hissa qo‘shgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.

Amudaryodagi ko‘prik haqida

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning dekabrida Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Amudaryo ustidan Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan 413 metrli ko‘prik qurilishi bo‘yicha topshiriq bergan edi. O‘shanda “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi bo‘lgan Husniddin Hosilov Amudaryo ustidan quriladigan 413 metrlik ko‘prikda avtomobil va temiryo‘l birgalikda o‘tishini, yangi ko‘prik yo‘lni 240 kilometrga, tashilayotgan yuklarning manzilga yetib borish vaqtini 6 soatga qisqartirishini aytgandi.

2020-yil 22-dekabr kuni ikki hududni birlashtiradigan qo‘shma ko‘prikka tamal toshi qo‘yildi. Bunga qadar Qoraqalpog‘iston hamda Amudaryo tumani respublikaning boshqa hududlaridan uzilib qolgan, shuningdek, temiryo‘l tarmoqlariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish imkoni mavjud emasdi. Avtomobil transporti qatnovi ham cheklangan, chunki Amudaryodan o‘tish uchun faqat ponton ko‘prikdan foydalanilardi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilning sentyabrida Amudaryo ustidan qurilayotgan yangi ko‘prikni ko‘zdan kechirgan davlat rahbari “Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yanada ko‘p yillar xalqimizga xizmat qilishi kerak”, — deb aytgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »