Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Istiqlol” mahallasida bo‘lib, aholining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, mahallada 3 ming 200 nafarga yaqin aholi yashaydi. Bu yerda 10 ta ishlab chiqarish korxonasi, 30 ga yaqin xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yondosh hududda fermer xo‘jaliklari mavjud. Odamlar asosan tadbirkorlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Yaqinda mahalla idorasi binosi taʼmirlanib, to‘liq jihozlandi. Hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va tibbiyot maskanida barcha sharoitlar bor.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mahalla faollari prezidentga odamlarning turmush tarzi, daromadi, yoshlarning muvaffaqiyati haqida so‘zlab berdi. Mahallada ishsiz aholini doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan individual ishlash tizimi samara bermoqda. Ishsizlarga dehqonchilik uchun yer berish tajribasining Xorazm uchun ahamiyati kattaligi aytildi.

Prezidentning 2023-yil 21-dekabrdagi farmoniga muvofiq, mahalla institutining jamiyatimizda va aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatidagi roli oshirildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimidan iborat “mahalla yettiligi” tashkil etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu tizim vakillari bilan muloqotda xalqni rozi qilishda mahalla tizimidagi samarali faoliyat, hamjihatlik muhimligi qayd etildi. Bunda quyi bo‘g‘indagi davlat vakillari o‘zlariga berilgan vakolatdan foydalanib, odamlarni rozi qilishi kerakligi taʼkidlandi.

Viloyatda ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish doimiy vazifa ekani qayd etildi.

Davlat rahbari mahallalarda bo‘lganida biror xonadonda mehmon bo‘lishi yaxshi anʼanaga aylangan. Bu odamlar bilan yanada yaqin bo‘lib, samimiy suhbatlashishga xizmat qiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu gal ham shunday bo‘ldi. Prezident mahallada yashovchi Sobirjon Matjonov xonadoniga tashrif buyurdi. Oila boshlig‘i qishloq xo‘jaligi ilmini yaxshi biladi. Xonadon sohiblari mo‘jazgina tomorqada issiqxona qurib, qulupnay yetishtiradi. Shuningdek, uy sharoitida baliqchilikni yo‘lga qo‘ygan. Parvarish qilinayotgan parranda – yuzdan ortiq tovuq, mingga yaqin bedana oilaga qo‘shimcha daromad keltirmoqda.

Suhbatda aholini tadbirkorlikka jalb etish, yoshlarni mehnatga o‘rgatib, kasb berish muhimligi, buning uchun davlat tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilishi taʼkidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »