Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Viloyatda chet ellik investorlar bilan hamkorlikda mashinasozlik, shaharsozlik, kimyo, to‘qimachilik, qurilish materiallari, tibbiyot, oziq-ovqat kabi muhim tarmoqlarda o‘nlab loyihalar ishlab chiqilmoqda. Taqdimotda umumiy qiymati 660 million dollardan ziyod 18 ta loyiha haqida axborot berildi.

Xususan, yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish kabi loyihalar hudud iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shib, minglab ish o‘rinlari yaratishi bilan ahamiyatli ekani qayd etildi. Mehmonxona, shifoxona, ko‘ngilochar maskanlar va yo‘llar qurish, ekoturizmni va baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar aholi farovonligi oshishiga xizmat qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari ularning tashabbuskorlari bo‘lgan chet ellik investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi haqida fikr almashilib, ularni jadallashtirish, tadbirkorlarga qo‘shimcha sharoit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »