Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida 29-fevral kuni Voltalia kompaniyasi tomonidan quvvati 100 megavattlik quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlumki, davlat tomonidan qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi uch yilda hududlarda birgina quyosh va shamol generatsiya quvvatlarini ishga tushirish uchun 2 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Natijada Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 2,6 gigavatt bo‘lgan 9 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi.

Yana bir muhim jihati, bu loyihalar Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Fransiya kabi taraqqiy etgan mamlakatlar bilan sheriklikda amalga oshirilayotir.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Marosimda davlat rahbari bu sohaning strategik ahamiyatini qayd etdi.

“Energetika sanoatida barqarorlikka erishish global integratsiya sharoitida har bir davlatning strategik maqsadi. Ayniqsa, qayta tiklanuvchi generatsiyalar – zamonaviy taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda kuch-quvvat bo‘ladigan asosiy “drayver”lardan biridir”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muqobil energetika hisobiga bu yil respublikaning elektr generatsiyasida “yashil energiya” ulushi 15 foizga yetishi taʼkidlandi. 2030-yilga borib, aholisi 40 milliondan ortadigan Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan energiyaning 40 foizini “yashil energiya” hisobidan qoplash maqsad qilingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu borada aholi manfaatdorligini oshirish uchun o‘tgan yili “Quyoshli xonadon” dasturi boshlandi. 14 milliard so‘m imtiyozli resurslar ajratildi, soliq imtiyozlari berildi. Shuningdek, ehtiyojdan ortiqcha elektrni davlat tomonidan kafolatli xarid qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu o‘z samarasini bera boshladi. Jumladan, Xorazmda ham 2 mingdan ziyod xonadon va 855 ta tadbirkorlar 15 megavattli quyosh panellarini o‘rnatib, ular tomonidan ehtiyojidan ko‘p ishlab chiqarilgan 320 ming kilovatt-soat elektr energiyasi davlat tomonidan sotib olindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Endi bu sohada yana bir majmua – Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Tuproqqalʼa tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlanmoqda.

Bu Xorazmdagi ilk shunday yirik loyiha bo‘ladi. Uning natijasida yiliga 254 million kilovatt soat “yashil energiya” ishlab chiqariladi. Bu esa Xorazm viloyati yillik elektr energiyasi isteʼmolining 11 foizini qoplaydi. Ushbu stansiyani yil yakunigacha tarmoqqa ulash rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Umuman bu loyiha ishga tushsa, Xorazm viloyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari 30 foizga oshib, 424 megavattga yetadi. Xususan, Tuproqqalʼa tumanining elektrga bo‘lgan yillik 135 million kilovatt soat talabi to‘liq qondiriladi.

Shu bilan birga, isteʼmoldan ortgan 40 foiz energiyani qo‘shni tumanlarga uzatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yaʼni, 85 ming xonadonni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlashga erishiladi.

Eng muhimi, ushbu loyiha orqali 76 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, atmosferaga 106 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yana bir eʼtiborli tomoni, mazkur loyiha doirasida ilk bor agrovoltaika tajribasi qo‘llanadi. Bu bir maydonning o‘zida energiya va qishloq xo‘jaligini birlashtirish usuli bo‘lib, quyosh panellari ostida sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.

Davlat rahbari bunday innovatsion loyihalar O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘pqirrali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidlab, investor va muhandislarga minnatdorlik bildirdi.

“Barchangizni nafaqat Xorazm viloyati, balki butun mamlakatimiz iqtisodiyotiga yangi ruh va nafas olib kiradigan mana shunday yangi quvvatlar bilan tabriklayman”, – dedi prezident.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »