Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi Khorezm Insulation Group qo‘shma korxonasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha loyihalarda energiya tejamkorlik vazifasi qo‘yilmoqda. Shu bois bazalt xomashyosiga talab oshib borayotir. Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimizda bunday mahsulotdan tayyorlangan plitalarga yillik talab 80 ming tonna.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu jihatdan Khorezm Insulation Group qo‘shma korxonasi bozor konyunkturasi asosida tashkil topdi, deyish mumkin. Qiymati 41 million yevrolik ushbu loyihada bazalt xomashyosidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqariladi. Xomashyo Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qoratau tog‘idan olib kelinadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Korxonaning yillik quvvati 30 ming tonna bo‘lib, qurilish sanoatiga talab yuqori mahsulotlar yetkazib beriladi. Shuningdek, Rossiya va qo‘shni davlatlarga 10 million dollarlik eksport qilish imkoniyati yaratiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buning uchun Germaniya, Turkiya, Rossiya va Xitoy davlatlaridan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilmoqda. Korxonada 300 ta yangi ish o‘rni ochiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident korxona bilan tanishar ekan, mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliylashtirish darajasini oshirishga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayni paytda bu yerda yiliga 15 ming tonna polipropilen va polietilen tola ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Natijada 80 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, yana 10 million dollarlik eksport quvvati yaratilishi mo‘ljallangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »