Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda Hazoraspda lak-bo‘yoq, shisha mahsuloti va elektrotexnika yo‘nalishida loyihalar amalga oshirilishi ma’lum qilindi, deb xabar beradi prezident matbuot kotibi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Hazorasp erkin iqtisodiy zonasida xitoylik investorlar bilan lak-bo‘yoq, shisha mahsuloti va elektrotexnika yo‘nalishida 300 million dollarlik 4 ta loyiha joylashtiriladi.

Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga “tayyor holda” topshiriladi.

Shuningdek, viloyatda xorijiy investorlar bilan birgalikda polipropilen, bazalt mahsuloti va sendvich panel ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxona tashkil qilish, ixcham qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish, meva-sabzavotni qayta ishlash, mebel va noto‘qima material ishlab chiqarish kabi loyihalar ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, viloyatda tayyorlangan ip-kalavani atigi 30 foizi qayta ishlanmoqda. Shu munosabat bilan bu yili viloyatga 280 million dollar investitsiya olib kelib, ip-kalavani qayta ishlashni 60 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi.

10 million dollardan ko‘p eksport qilgan to‘qimachilik korxonalariga aylanma uchun 5 million dollargacha kredit beriladi. Ularga chet eldan yuqori malakali mutaxassislar olib kelinib, dizaynerlik va marketingga o‘qitiladi, xorijda savdo uylari ochilib, viloyatdagi to‘qimachilik korxonalariga beriladi.

Avvalroq Xorazm viloyatida umumiy investitsiya hajmi 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik gaz-kimyo loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgandi. Bo‘lajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »