Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim vazifalari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar belgilanganini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jumladan, import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to‘lovidan ozod qilinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi. Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi. Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarini 50 foizi Eksport jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bundan tashqari, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan Xorazmga 100 million dollar ajratiladigan bo‘ldi.

Urganch tumani “Chakka-sholikor” qishlog‘ida texnopark tashkil qilish, yil yakunigacha elektrotexnika, to‘qimachilik va qurilish materiallari yo‘nalishida 100 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Bunga qo‘shimcha ajratiladigan 25 million dollar hisobidan kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 milliard so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga kreditlar beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »