Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qurolli kuchlari birinchi marta urush zonasida Fransiyaning yangi uzoq masofali AASM Hammer bombalaridan foydalandi. Bu haqda Turkiyaning Clash Report nashri xabar berdi.

Foto: AASM Hammer / Videodan skrin
Fransuz AASM-250 bombalari birinchi marta Ukraina qo‘shinlari tomonidan Rossiya Qurolli kuchlari nazoratida bo‘lgan Avdeyevkadagi koks zavodiga zarba berish uchun ishlatilgan, — deyiladi xabarda.

Ukraina bu bombalarni tashlashda qaysi turdagi samolyotdan foydalangani noma’lum. Natijalarni kuzatish uchun Ukraina qurolli kuchlarining dronlari jalb qilingan. 

AASM Fransiyaning Safran Electronics & Defense kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Fransiyaning AASM Hammer oilasi 250, 500 va 1000 kilogramm og‘irlikdagi bombalardan iborat bo‘lib, o‘zida turli nishonlarni boshqarish tizimlarini o‘rnatish imkoniyatiga ega. Hammer 70 kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. 2011-yilda bitta AASM to‘plamining narxi taxminan 160 ming yevroni tashkil etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »