Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining kapitallashuvi chorshanba kuni 2,3 foizga kamayib, 553 milliard dollarni tashkil etdi, shu sababli kompaniya AQSHning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida 11-o‘ringa tushib ketdi, deb yozadi MarketWatch.

O‘ninchi o‘ringa Visa kompaniyasi ko‘tarilib oldi. Uning kapitallashuvi 563 mlrd dollarga baholanmoqda.

Tesla aksiyalari so‘nggi uch sessiyada 13 foizga tushib ketdi. Yil boshidan buyon esa 29 foizga arzonlashdi.

Foto: Google Images

Morgan Stanley tahlilchisi Adam Jonas seshanba kuni kompaniya aksiyalari uchun prognoz narxini har bir aksiya uchun 345 dollardan 320 dollargacha pasaytirdi. Shu bilan birga u “sotib olish” tavsiyasini berishda davom etmoqda.

“Bu yil elektr transport vositalari uchun qiyin yil bo‘ladi. Narxlarning pasayishi davom etayotganiga qaramay, talab sekinlasha boshladi”, — deb yozdi u.

Jonasning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Tesla yetkazib berish taxminan 10 foizga oshib, 1,8 million avtomobilni tashkil etadi, boshqa tahlilchilar esa elektromobil 2,1 million dona sotilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »