O‘zbekistonliklar Germaniyaga oyligi 1,7 ming yevro bo‘lgan ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/Taqdirlov/ish1.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Germaniyaga yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga fuqarolar taklif etiladi. Nomzodlar uchun talablar:
- avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnikum, kollej, institut yoki universitet diplomi;
- avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajriba;
- Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC’dan olingan nemis tili bo‘yicha B1 daraja sertifikat (A2 sertifikat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin);
- 20 yoshdan 40 yoshgacha;
- sog‘lom, xushmuomala, mas’uliyatli bo‘lishi.
Afzalliklari:
- Oylik 1700 yevrodan boshlanadi (netto);
- Viza, Germaniyagacha aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
- Sinov muddatidan so‘ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati;
- 1 yilda 30 kun ta’til;
- Arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘mak.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:
- xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
- avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha diplom;
- nemis tilini bilish sertifikati (pdf shaklda);
- nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Izoh (1)
ойлиги озимиззи сомда канча болади