Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Jahongir Rizayev vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2022-12-16_19-40-13-680x453.jpg?_t=1707237537)
18-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgandi. Yig‘ilishda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagan 7 ta hudud, jumladan, Uchqo‘rg‘on tumani hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish bosh vazirga topshirilgandi.
Maʼlumot uchun, Jahongir Rizayev 2021-yil dekabrida Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangandi.
Xabar rasman tasdiqlanmagan.
Izoh (0)