O‘zbekistonning yangi elchisi Abdusalom Xatamov bugun O‘mon tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari shayx Xalifa al-Harsiyga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ma’lum qilinishicha, O‘mon tashqi siyosat idorasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashildi. So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib, barcha sohalarni qamrab olayotgani, bunga davlat yetakchilari o‘rtasidagi ishonchli va do‘stlik munosabatlari mustahkam asos bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.
O‘mon TIV rahbarining o‘rinbosari O‘zbekistonning yangi elchisiga o‘zaro munosabatlarni izchil rivojlantirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Izoh (0)