Me’da-ichak traktida yashovchi mikroorganizmlar sog‘liq uchun o‘ta ahamiyatlidir. Mikroflora uglevodlar, shuningdek, oqsillar va yog‘larning parchalanishida ishtirok etib, ovqat hazm qilish faoliyatini to‘liq ta’minlaydi. Foydali bakteriyalar hayot faoliyati jarayonida K vitamini, B guruh vitaminlari, folat va nikotin kislotalarining sintezi va so‘rilishida ishtirok etib, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, immunoglobulinlarning sintezini rag‘batlantiradi, shu orqali butun organizmning himoya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Biroq mikrofloraning tarkibiy va sifat muvozanati juda nozik, tashqi ta’sirlarga o‘ta sezgir bo‘lib, uning buzilishi disbakterioz rivojlanishiga olib keladi. Mikroflora buzilishining eng ko‘p uchraydigan sabablari — antibiotiklar qabul qilish, shuningdek, hazm qilish tizimi kasalliklari, zaharlanish, stress va ovqatlanish rejimi buzulishi hisoblanadi. Yoshga bog‘liq omillar — bolalik va qarilik davrida disbakterioz rivojlanishining ortishini ham yodda tutish lozim. Shunday qilib, ko‘pchilikning hayoti davomida ichak mikroflorasi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar mavjuddir.
Sog‘liqni saqlash va mikrofloraning muvozanatini tiklash uchun prebiotikalar va probiotiklardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Prebiotikalar — normal ichak mikroflorasining o‘sishini selektiv rag‘batlantirish yoki metabolik faolligini oshirish orqali organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi, kelib chiqishi jihatidan nomikrob tabiatli moddalar.
Probiotiklar — tirik mikroorganizmlar va kelib chiqishi mikroblarga bog‘liq moddalar bo‘lib, tabiiy usul bilan qabul qilinganda normal mikrofloraning faoliyatini barqarorlashtirish va me’yorlashtirish orqali inson tanasining fiziologik, biokimyoviy va immun reaksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga vitaminlar sintezi va so‘rilishining buzilishi hamda gipovitaminoz rivojlanishi tufayli kelib chiqadigan alomatlarni: charchoq, uyquchanlik, ish samarasining pasayishi, soch va tirnoqlarning mo‘rtlashib, quruqlashishi va teri muammolarini bartaraf etish uchun vitaminlarni qabul qilish tavsiya etiladi.
Davolashga majmuaviy yondashuv mikroflorani tiklash va umumiy holatini yaxshilashga sharoit yaratadi. Ichak mikroflorasini tiklovchi vositalaridan biri “Latsidoforte” bo‘lib, u 3 majmuani o‘z ichiga oladi:
- prebiotik majmua — fiziologik tarkibga mos keladigan, tirik foydali bakteriyalar buzilgan mikroflora faoliyatini tiklashga ko‘maklashadi;
- probiotik majmua — mikrofloraning (bifidoflora va laktobakteriyalarni) o‘sishi uchun ahamiyatli fruktooligosaxaridlar bo‘lib, ularning tiklanishini tezlashtirishga imkon beradi;
- B guruhi vitaminlari va C vitamini majmuasi — disbioz natijasida rivojlanayotgan vitamin yetishmasligini to‘ldiradi, umumiy holatni yaxshilaydi.
“Latsidoforte”ning tarkibi har qanday yoshda preparatni qabul qilish imkonini beradi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar va kapsulani butunligicha yuta olmaydigan bemorlarga “Latsidoforte” kapsulasini ochib, tarkibi oz miqdordagi suyuqlik bilan tavsiya etiladi. “Latsidoforte” disbakteriozning kelib chiqish sabablarini bartaraf etib, mikroflora muvozanatining tiklanishiga va bemor umumiy ahvolining yaxshilanishiga yordam beradi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)