Chili hududidagi eng xavfli vulqonlardan biri – Kalbuko uyg‘ondi. Oxirgi marta u 1972 yili otilib chiqqandi. TJ’ning xabar berishicha, Chili hukumati xavf-xatarning “qizil” darajasini e’lon qilgan va 1,5 mingdan ortiq aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirgan.
https://youtu.be/_MdUQY6xQG4
Mahalliy aholi va sayyohlarga vulqondan kamida 20 kilometr masofaga uzoqlashish va unga yaqinlashmaslik haqida ko‘rsatma berilgan, hududda barcha fuqarolik aviaparvozlari vaqtincha bekor qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari esa vulqondan ko‘tarilgan tutun va kulning bir necha kilometrlik ustuni tasvirlangan foto va videolarni ulashishga kirishib ketishgan.
https://twitter.com/valentina_a_n/status/590987852164497409
https://twitter.com/lidiapaol/status/591004510295891968
https://twitter.com/makitalfaroagu1/status/590998500940369920
https://twitter.com/magoyfuturorey/status/590985525277888513
Mart oyi boshida Chilida Vilyarrika vulqoni uyg‘ongan edi, o‘shanda ham ko‘plab aholini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgandi. Biroq vulqon tez orada tinchigandi.
Mamlakatda 2 mingdan ortiq vulqonlar bo‘lib, ularning 60tasi so‘nggi 450 yil davomida uyg‘ongan.
Izoh (0)