Twitter’dagi shinji taxallusli foydalanuvchi istirohat bog‘idagi charxpalakning kabinalari shamolda aylanayotgani aks etgan videoni tarmoqqa joyladi, deb yozmoqda TJournal. Video Xokkaydo prefekturasida foydalanuvchining uyi derazasidan olingan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir kabinalar to‘xtovsiz bir necha daqiqa davomida aylangan.
https://twitter.com/Ruru0912adjpp/status/922252884896505857
Mahalliy OAVlarning xabarlariga ko‘ra, kuchli shamol Yaponiyaning janubi-g‘arbiy va markaziy qismlaridan o‘tgan “Lan” to‘fonining asorati hisoblanadi. Charxpalak joylashgan xiyobon xodimlarining ma’lum qilishicha, bunday aylanish qurilmaning o‘ziga xosligi bilan asoslanadi, aylanish baland inshootni shamolli kunlarda zararlanishidan himoya qiladi.
https://twitter.com/kanta_622/status/922288505388023808
Xiyobonda jabrlanganlar haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan. Charxpalakning ishi to‘liq tekshiruvdan keyin qayta tiklangan.
Izoh (0)