Gretsiyada Zakinf orolidagi mashhur Navayo plyajiga qoya qulab tushdi, oqibatda yetti kishi jarohat olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kichkina Navayo plyaji Ion orollarining diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. U tik qoyalar bilan o‘ralgan va unga faqat qayiqda borish mumkin.
Hodisa aks etgan videoda qoyaning dengizga qulayotgani va dam oluvchilarning qochayotgani ko‘rinadi. Qoya qulashi jarayonida bir nechta qayiq ag‘darilgan.
https://twitter.com/d3scr1pt0r/status/1040203188647985152
Odamlarning jiddiy jarohatlanmagani xabar berilgan. Ularning aksariyati, shu jumladan, ikki nafar bolaga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan. Faqat orqasidan jarohat olgan chexiyalik sayyoh kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)