Lekima kuchli tayfuni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Xitoyda 9-avgustda qizil ogohlantirish e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Prognozlarga ko‘ra, 10-avgust tongiga kelib markaziy qismdagi shamol tezligi soatiga 216 kilometrni tashkil etuvchi tayfun Xitoyning sharqiy provinsiyasi Chjetszyanga kirib boradi.
Tropik siklon Shanxayni ham qamrab olib, 10-avgust kuni ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 162 kilometrni tashkil etishi kutilmoqda.
Izoh (0)