Amerikaning Texas shtatidagi Padre Aylend milliy plyajida noyob moviy dengiz ajdarlari ko‘rinish berdi, deb yozadi The Independent.
Noodatiy dengiz mavjudotlari mollyuskalarning bir turi bo‘lib, ularning uzunligi uch santimetrgacha yetadi.
Moviy ajdarlar meduza va unga o‘xshash mavjudotlarni yegani uchun yorqin ko‘k rangga ega. Ajdarlar odamni qattiq tishlashi mumkin.
Bog‘ vakili Jeymi Kennedining aytishicha, bunday ajdarlar plyajda bir necha marotaba ko‘zga tashlangan.
Izoh (0)