AQShning Minneapolis shtati politsiyasi CNN muxbiri Omar Ximenesni jonli efir vaqtida qo‘lga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Omar Ximenes “Yangi kun” dasturi vaqtida efirga chiqqan va hududdagi tartibsizliklar haqida so‘zlay boshlagan. Ammo politsiyachilar unga ishini yakunlashga imkon bermagan va jonli efir vaqtida millionlab teletomoshabinlar qarshisida uni qo‘lga olgan. Jurnalist nima uchun qo‘lga olinayotgani haqida so‘ragan, biroq uning savoliga huquq-tartibot xodimlari javob bermagan.
Ximenesning qo‘lini kishanlab, olib ketishayotganini CNN operatori suratga olib turgan. Keyinroq suratga olish guruhining boshqa a’zolari ham qo‘lga olingan.
https://twitter.com/CNN/status/1266315061221613569
Eslatib o‘tamiz, Minnesotada politsiyachi qora tanli Jorj Floydni qo‘lga olish vaqtida o‘ldirib qo‘ygani uchun tartibsizliklar boshlandi.
Izoh (0)