Iordaniyaning Az-Zarqa shahri yaqinidagi bazada sodir bo‘lgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Sky News Arabia.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, portlash jangovar o‘q-dorilar omborida sodir bo‘lgan, buning natijasida yong‘in kelib chiqqan. Harbiylar hududni o‘rab olgan. Portlashga yuqori harorat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan.
https://twitter.com/skynewsarabia/status/1304193219748560896
Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash yuz bergan. Oqibatda yuzlab uylar vayron bo‘lgan, ba’zilari butunlay qulab tushgan. Portlash oqibatida 190 kishi vafot etgan. Olti mingdan ortiq kishi esa yaralangan. 10-sentabr kuni Livan poytaxti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida kelib chiqqan quyuq qora tutunni 3 kilometrdan ko‘rish mumkin bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)