Xitoy Oyni tadqiq etish uchun “Chane-5” zondi ortilgan “Chenchjen-5” raketasini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Xitoy milliy kosmik boshqarmasiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Raketa Venchan kosmodromidan uchirilgan. “Chane-5” zondi taxminan 40 daqiqa o‘tib raketadan ajralgan. Bir haftalardan keyin u Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasiga borib qo‘nadi.
CGTN telekanali missiyaning uchirilishi videosini e’lon qildi.
https://twitter.com/cgtnamerica/status/1331003119350788098
“Chane-5” Oy tuprog‘ining namunasini olib, Yerga yetkazishi kerak. Ma’lum qilinishicha, agarda bu muvaffaqiyatli amalga oshsa, namunalarni Yerga olib kelish bo‘yicha birinchi uchuvchisiz amalga oshirilgan missiyaga aylanadi. Apparat to‘rtta moduldan iborat: Oyga qo‘nish, uning yuzasiga ko‘tarilish, namunalar ortilgan konteynerlarga tutashish va yuklash, shuningdek, ortga qaytish.
Bundan tashqari, Xitoy so‘nggi 44 yildan buyon Oy yuzasidan tuproq namunalarini olib kelgan birinchi davlatga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning aprelida Xitoy boshqa ko‘plab mamlakatlar qatori, Oyga o‘z odamini qo‘ndirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi. May oyida esa “Yuytu-2” lunoxodi Oyning orqa tomonida Oy mantiyasining ikki xil jinslarini topgan edi.
Izoh (0)