Internet foydalanuvchilariga shajara daraxtini yaratishda yordam beradigan MyHeritage sayti Deep Nostalgia funksiyasini ishga tushirdi. Ushbu funksiya fotoportretlarga “jon bag‘ishlashi” mumkin — har qanday inson tasviridan animatsiya hosil qilsa bo‘ladi, deb yozadi Esquire.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun MyHeritage.com sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish va suratni yuklash lozim. Surat qayta ishlanganidan so‘ng, 15 soniyali video paydo bo‘ladi va uni yuklab olish mumkin. Videodagi insonning surati kuladi, boshini qimirlatadi, atrofga qaraydi va ko‘zlarini pirpirata oladi.
Funksiyadan foydalanish mutlaqo bepul. Shuningdek, u surat sifatini yaxshilashga yordam beradi. Mazkur servis ustida Isroilning D-ID firmasi ish olib borgan bo‘lib, Deep Nostalgia asosini chuqur o‘rganish algoritmlari tashkil etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar o‘z qarindoshlari va mashhurlarning shu kabi animatsiyasi bilan bo‘lisha boshladi. Foydalanuvchilar, shuningdek, neyrotarmoq inson yuziga o‘xshash har qanday suratlarni “jonlantira” olishini aniqlagan.
https://twitter.com/SharnWhite/status/1365089508690067461https://twitter.com/waynedahlberg/status/1365752432345501699
https://twitter.com/BizzarroBazar/status/1365946463163994113
https://twitter.com/fortiain/status/1365968164719370240
https://twitter.com/CKOPI7uOH/status/1365991367990784001
https://twitter.com/itsmutnuri/status/1365901861765582851
https://twitter.com/playdtf/status/1365950540346241024
Izoh (0)