London janubi-g‘arbidan oqib o‘tuvchi Temza daryosidagi shlyuzga (to‘g‘onlardagi suv darvozasi) kichik kit tiqilib qoldi, deb xabar beradi Esquire.
Uzunligi to‘rt metr keladigan kit bolasi suv sathining pasayishi vaqtida Richmonddagi shlyuzda paydo bo‘lgan. Uni 9-may kuni soat 19:00 larda payqab qolishgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga taxminan soat 21:00 da yetib kelgan.
Kitni qutqarish ishlariga Qirollik qutqaruv qayiqchilari milliy instituti vakillari, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilar, politsiyasi va g‘avvoslar jalb etilgan. Qutqaruv ishlari besh soatga yaqin davom etgan.
Qutqaruvchiar yetib kelguniga qadar port xodimlari kitning ustida shlangdan suv quyib turgan, shlyuzni esa suvga to‘ldirishga urinishgan.
https://twitter.com/mumian814/status/1391574566909235202
Kitni qutqarish jarayonini o‘nlab guvohlar kuzatgan, ko‘pchilik holatni foto va videoga olgan.
https://twitter.com/GarethFurby/status/1391620427244527620
https://twitter.com/mumian814/status/1391576518959288329
https://twitter.com/mattgraveling/status/1391539313930866693
Oxir-oqibat kit xavfsiz joyga ko‘chirilgan va veterinarlar uning ahvolini baholagan. Ma’lum qilinishicha, kitga biroz jarohat yetgan.
Izoh (0)