Aktrisa bo‘lish uchun, albatta, mahorat bilan birgalikda tashqi ko‘rinish ham me’yorida bo‘lish zarur. Shuningdek, qomat, bo‘y kabi o‘lchovlar ham inobatga olinadi. Aksariyat yulduzlar kino olamiga kirmasdan avval modellik bilan shug‘ullangan. Bollivud yulduzlari orasida ham karyerasini podiumdan boshlagan, hattoki “Dunyo go‘zali” maqomiga erishganlari ham bor. Ularni e’tiboringizga havola etamiz.
Dipika Padukone
Bipasha Basu
Bengal go‘zali Bipasha Basu ham supermodel edi. U 14 yoshidan reklama roliklarida ishtirok etgan va Hindistondagi yetakchi dizaynerlar uchun podiumga chiqqan. Keyin u “Ajnabiy” loyihasi bilan katta ekranda debyut qildi va o’shandan beri jozibali ko‘rinishi bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi.
Priyanka Chopra
U 2000-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lib, barcha hindlarning g‘ururlanishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Priyanka Bollivuddagi debyutini Akshay Kumar bilan “Bulutlar ustidagi sevgi” filmida ijro etdi. Aktrisa nafaqat o‘z vatanida, balki Gollivudda “Kuantiko” serialidagi FQB agenti rolini bilan ham mashhur.
Lara Datt
Sushmita Sen
Sushmita – 1994-yilda “Hindiston va koinot go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan model. U Bollivudda “Men nega sevib qoldim?” filmida debyut qilgan va ketma-ket bir nechta filmlarda suratga tushgan. Sushmita Sen ko‘plab ayollar uchun ilhom manbasi. Shuningdek, aktrisa ikki qizni yakka o‘zi asrab olgan va ularning tarbiyasi bilan band.
Aishvariya Ray
Bachchan oilasining kelini ham model hamda 1994-yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovi g‘olibasi. U Bollivudda debyutini “Ular bir-birini sevdi” filmida ijro etdi va keyinchalik karyerasida ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)