“Azovstal”da portlash. Xarkovda raketa zarbasining oqibatlari. Urushning 77-kunidan fotoreportaj
Ukrainadagi urushning 77-kuni o‘tdi. Mariupolda “Azovstal” uchun janglar davom etmoqda: Ukraina Rossiyaga yarador ukrainalik askarlarni rossiyalik harbiy asirlarga almashtirishni taklif qildi, biroq hozircha javob olmadi. Xerson viloyatining “yangi ma’muriyati” Vladimir Putindan hududni Rossiyaga qo‘shib olishni so‘rash niyatida. Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, Soloxi qishlog‘i Ukraina tomonidan o‘qqa tutilgan: bir kishi halok bo‘lgan, yetti kishi yaralangan. Urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukraina Milliy gvardiyasi o‘z yo‘qotishlarini oshkor qildi: 501 kishi halok bo‘lgan, 1697 kishi yaralangan. Meduza urushga oid 11-may suratlarini jamladi.
Mariupol
“Azovstal”dagi portlash. Ukraina Rossiyaga zavodda qamalda qolayotgan yarador ukrainalik askarlarni rossiyalik harbiy asirlarga almashtirishni taklif qildi, biroq Moskva hozircha bu taklifga javob bermadi.Foto: Reuters
Telefonlarni zaryadlash punktida smartfonini tomosha qilayotgan qizchalar. Mariupoldan tinch aholi va ukrainalik harbiylarning evakuatsiyasini talab qiluvchi petitsiya qariyb 1,3 millionta imzo to‘pladi.Foto: Reuters
Donbass shimoli
Cherkasskoye posyolkasida ishchilar portlashdan keyin qolgan vayronalarni ko‘zdan kechirmoqda. Donetsk viloyati ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning aytishicha, urush boshidan beri viloyatda jami 352 kishi halok bo‘lgan. Bu ma’lumotlarga rus armiyasi tomonidan ishg‘ol qilingan Volnovaxa va Mariupoldagi qurbonlar soni kirmaydi.Foto: AFP
Privolye qishlog‘ida yonib ketgan mashinalar.Foto: AFP
Liman shahri yaqinida evakuatsiya avtobusida ketayotgan odamlar va it. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari shaharga yaqinlashmoqda.Foto: AP Photo
Ukraina harbiylari Slavyansk yaqinidagi zenit-raketa majmuasi yonida. 11-may kuni AQSHning Ukrainaga yordam uchun qo‘shimcha 40 milliard dollar ajratishi ma’lum bo‘ldi.Foto: AFP
Kiyev viloyati
Ukrainalik shifokorlar Kiyev g‘arbidagi Zavalovka qishlog‘ida eksgumatsiya qilingan rossiyalik askarning jasadini olib ketmoqda. Shu kungacha Ukrainada 230 ga yaqin halok bo‘lgan rossiyalik askarlar tuproq ostidan qazib olingan. Aksariyat jasadlar Kiyev chekkasidan topilgan.Foto: AFP
Xarkov viloyati
Xarkov chekkasidagi Severnaya Saltovka tumanida raketa zarbasidan zarar ko‘rgan binolar. 10-may kuni Ukraina Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlarini mintaqa chegarasiga siqib chiqargani haqida xabar berdi.Foto: EPA
Xarkovdan 24 kilometr uzoqlikda joylashgan Olxovka qishlog‘ida ayol vayron qilingan uyi oldida yig‘lamoqda.Foto: Reuters
Politsiya va ko‘ngillilar Xarkov yaqinidagi Stepaki qishlog‘idagi portlashda halok bo‘lgan tinch aholining jasadlarini eksgumatsiya qilmoqda.Foto: AP Photo
Izoh (0)