Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning Twitter’dagi sahifasiga Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri 20 mingdan ortiq tinch aholi va Ukraina Qurolli kuchlarining 100 ming nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani haqida videomurojaat joylangan edi. Keyinroq bu video o‘chirib tashlandi va akkauntda yangi murojaat paydo bo‘ldi, unda Ukrainaning yo‘qotishlari haqida aytilgan gaplar kesilgan. Videoning 11-soniyasida kadr montaj qilinganini payqash mumkin.
https://twitter.com/vonderleyen/status/1597888002436796417
Yevrokomissiya veb-saytidagi press-reliz matnidan ham Ukrainaning yo‘qotishlari haqidagi hisoblar olib tashlangan.
“Ukrainskaya pravda” nashri Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi so‘roviga javoban mamlakatning harbiy yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlar maxfiy ekanini ta’kidladi.
Biz bu raqamlarni tasdiqlay olmaymiz, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, Ukraina armiyasining yo‘qotishlari xizmatga oid ma’lumot bo‘lib, ularni oshkor qilish cheklangan”, — dedi jurnalistlarga Ukraina Qurolli kuchlari jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bogdan Senik. “Shu bilan birga, agar Yevrokomissiya rahbarining aytganlari agressor davlatni javobgarlikka tortish imkonini beradigan bo‘lsa, biz Ukraina xalqining genotsidini sodir etganlar qonuniy jazolanishiga hissa qo‘shuvchi harakatlarni qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin. Ukrainaning tinch va harbiy fuqarolari o‘limida aybdor bo‘lganlarning barchasi sudga tortilishini ta’minlash uchun hamma narsani qilish kerak”.
Ursula fon der Lyayenning murojaati Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlarini tergov qilish uchun BMT ko‘magida maxsus sud tuzish taklifi nazarda tutilgan.
Uning aytishicha, Rossiya Ukrainaga yetkazilgan moliyaviy zararni ham qoplashi kerak, uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu hozirgacha 600 milliard yevrodan oshgan. Ushbu maqsadlar uchun YI Rossiya Markaziy bankiga qarashli 300 milliard yevro va rossiyalik oligarxlarga tegishli 19 milliard yevro mablag‘ni muzlatib qo‘ygan
Izoh (0)