AQSH prezidenti Jo Bayden Instagram va Twitter sahifalariga fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan muzqaymoq yeyayotgani aks etgan suratni joyladi. Fransiya prezidenti davlat tashrifi bilan Amerikada bo‘lib turibdi.
29-noyabr kuni Makron Vashingtonga to‘rt kunlik davlat tashrifi bilan kelgandi. Twitter’ga joylangan suratda Bayden Vashingtondagi Fiola Mare italyan restoranida Makronning yonida o‘tirib, u bilan muzqaymoqxo‘rlik qilayotganini ko‘rish mumkin. E’tiborlisi, yetakchilarning rafiqalari Jill Bayden va Bridjit Makron ularning qarshisida muzqaymoqsiz o‘tiribdi.
Suratga “Shaharga xush kelibsiz, do‘stlar” degan izoh ilova qilingan.
https://twitter.com/POTUS/status/1598151533107068928
Qayd etilganidek, Makron Jo Bayden prezidentligi davrida AQSHga davlat tashrifi bilan kelgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘ldi. 1-dekabr, payshanba kuni Fransiya rahbari Oq uyda maxsus harbiy ehtirom bilan kutib olinadi.
Izoh (0)