Amerikalik yozuvchi, “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Riz Twitter’dagi sahifasida Toshkent shahrining yangi tayinlanadigan hokimiga murojaat qilib, unga shahardagi odamlarning yashash tarzini qulaylashtirish bo‘yicha takliflar berdi.
Now that Tashkent’s mayor has been canned I want to make some suggestions. This may be triggering for those not really concerned w/ the lives of Tashkentlik so sorry/not sorry. I hope the new mayor reads this. I say all this as a person deeply invested in Tashkent. I dream of
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
Mark Rizning fikricha, Toshkent shahrida bir qator ishlarni amalga oshirish kerak.
Yo‘llar ta’miri
“Sifatli yo‘llar yo‘q. Yashil zonalarni kengaytiring, ifloslanishni kamaytiradigan daraxtlar eking. Barqaror suv ketadigan yo‘llarini yarating. Jamoat transportini yaxshilang. Yo‘lda ketayotganingizda ortingizdan kimdir Matiz’da kelib, majaqlab tashlashi mumkinligi bo‘yicha qo‘rquvlarni kamaytiring”.1: No drive zones for quality of life. S Rustaveli would be a start. Expand green zones, plant trees that cut down on pollution. Create sustainable water ways. Be creative w mass transit. Reduce the fear of being creamed by some in ahole in a Matiz. Tashkent = 🚶♂️🚶♂️🚶♀️
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
Toshkent Dubay emas
“Dubay bo‘lmang. Siz Dubay emassiz, sizda suv havzalari bor. Siz Toshkentsiz. Oz bo‘lsa-da, g‘ururingiz bo‘lsin, o‘zligingiz bo‘lsin. Menga Dubay yoqadi. Toshkentni esa undan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman. Mening rafiqam ham toshkentlik”.2: Don’t be Dubai. You’re not Dubai, on a body of water. You’re Tashkent. Have some god damned pride and arrive at your own identity. I like Dubai. I love Tashkent even more. My wife is Tashkentlik. I married her on Babor. We ate a melon from S Rusta bazar to celebrate…
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
Daraxtlar masalasi
“Vaziyat qanchalik jiddiy ekanini tushunyapsizmi o‘zi? Agar anglolmayotgan bo‘lsangiz, xalqingizning 7 avlodi uchun afsusdaman. Hech kim sizni o‘sha baland binolar uchun eslab qolmaydi. Shaxmatchilar ularga soya-salqin joy bergan hokimni duo qiladi, osmono‘par bino qurganni emas. Buni hatto Chor Rossiyasi gubernatorlari ham tushungan. Vaziyatni yaxshilash, yashil parklar yaratish uchun Yaponiya, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Xitoydan daraxtzorlar olib keling.Fuqarolar o‘z hayotini yomonlashtiradigan ahmoqona loyihalarga sarflangan dollarlarni ko‘rganida, nimalar bo‘layotganini yaxshi tushunib oladi.
Temuriylarning o‘ziga xosliklaridan biri ham aynan yashil maydonlar bo‘lgan — Temur kabi bo‘ling. Menda bog‘ uchun ajoyib dizayn bor va uni shartnoma bo‘yicha taklif qilishdan xursand bo‘laman”.
to build extraordinary sustainable parks. When citizens see $ spent on crap projects that degrade their lives, they get the message. Green spaces are central to Timurid identity— be like Timur. I happen to have a great design for a park and happy to bid on a contract.
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
Jamoat transporti
“Konditsioner va isitish tizimiga ega tramvaylarni qaytaring. Monorels (bir izli temiryo‘l) tizimini quring. Tirbandliklarni kamaytirish choralarini ko‘ring.Iqtisodiyotning drayverlaridan biri bo‘lgan soha bo‘yicha yirik infratuzilma rejasini istasangiz, jamoat transporti — qulay variant. Aynan mana shu jarayonda Toshkent Dubayga biroz o‘xshab ketishi mumkin”.
4: Mass transit: bring back tramvais w/ A/C and heating. Build a monorail system. Create policies that reduce traffic. Tax= free m transit. If you want a massive infrastructure plan that will drive the econ, go mass transit. You’ll look a little bit like Dubai in the process.
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
Urban ekspertiza
“Keyingi masala og‘riqli, odamlarning jahlini chiqarishi turgan gap. Lekin agar siz shaharni rekonstruksiya qilmoqchi bo‘lsangiz, sovet davridan qolgan hamma inshootlarni ham saqlab qololmaysiz. 14 qavatli turar joylar energiyani yeb tashlaydi. Suv tanqis hududlardagi binolar baland emas, past bo‘lishi kerak.Bu ko‘rinishdagi binolar 1966-yilgi zilzilaning natijasi hisoblanadi — sovetcha “rivojlanish”. Bu bo‘yicha aniq javob yo‘q. Ammo shaharsozlik bo‘yicha ekspertiza masalaning kaliti bo‘lishi mumkin. Rekonstruksiya qilinmagan ulkan binolar bu — falokat uchun retsept, xolos. AQSHning Arizona shtatidagi Feniks shahri bu bo‘yicha juda yaxshi misol bo‘la oladi.
Yangi hokim bu — imkoniyat. Shahar hokimiyati muammolarga yechimi bo‘lgan mustaqil ekspertlarni jalb etishi kerak. Boshqa davlatga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan odam, avvalo, ikkita narsaga e’tibor qaratadi: ta’lim va yashash sifati. Ayni damda Toshkent — hamma tuzatishni istaydigan siniq oyna”.
answer for this one. But bringing in urban planning expertise is key. Massive new bldgs w/o corresponding infrastructure updates is a recipe for disaster— see Phoenix Arizona 1970-1990s. Cadillac Desert is a good book to read. Frank Lloyd Wright is a prophet. Heat rises… promise
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
A new mayor is an opportunity. The mayor’s office should bring in independent, outside consultants w data driven solutions. Expats looking to move abroad look at 2 things: schools and quality of life. Right now Tashkent is a broken window everyone wants fixed.
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
Mark Riz muammolarni sanashdan tashqari, shaharsozlik bo‘yicha o‘z takliflarini ham bergan. Xususan, u Qo‘qon shahri markazi va Toshkentdagi Adiblar xiyobonini qayta qurish yuzasidan rejalarini taqdim etgan. “Bunda Arizonadagi Arkosanti shahridan ilhomlandim”, — deydi Riz.
As I plan my candidacy for Mayor of Tashkent, I have also drawn up plans to redo Qoqan city center and Baghi Jadidlar in Tashkent. Arcosanti in Arizona is an inspiration. pic.twitter.com/aAS42ptQFO
— Mark Reese (@uzbekmodernist) January 16, 2023
Izoh (0)