AQSHning Nyu-Xempshir shtatida hafta oxirida mamlakat tarixidagi eng sovuq harorat qayd etildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Meteorologlar ma’lumotiga ko‘ra, termometrlar Vashington tog‘ining tepasida -42 daraja sovuqni ko‘rsatgan, tog‘da shamol tezligi 160 km/soatga yetgan. NASA Vashington tog‘ining tepasida havo harorati Marsdagi o‘rtacha haroratdan biroz sovuqroq ekanini aytdi. AQSHda avvalgi rekord 2004-yilda o‘rnatilib, o‘shanda havo -38,8 sovuq bo‘lgan.
Nodavlat notijorat Mount Washington Observatory tomonidan yozib olingan video kuchli shamolning tog‘ cho‘qqisiga Arktikadan qanday yetib kelganini ko‘rsatadi.
https://twitter.com/forecaster25/status/1621598650022363142Avvalroq Afg‘onistonda anomal sovuqdan 170 kishiga vafot etgani, ularning 50 nafari bolalar ekani haqida xabar berilgandi. Qurbonlarning aksariyati uyini isitolmagani ortidan vafot etgan.
Izoh (0)