NASA 3-mart kuni Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Aerokosmik agentlik o‘zining Twitter’dagi sahifasida bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, chaqnash X2.1 sinfida bo‘lib, shu darajada kuchli bo‘lganki, Shimoliy va Janubiy Amerikada qisqa to‘lqinli radio eshittirishlarning uzilishiga olib kelgan.
https://twitter.com/i/status/1631761399155240964Tarixda qayd etilgan eng kuchli chaqnash 1859-yilda kuzatilgan. U keltirib chiqargan geomagnit bo‘ron butun Yevropa va Shimoliy Amerikada telegraf aloqalarining uzilishiga olib kelgan. Bugungi kunda bunday chaqnashlar havodagi samolyotlar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
11-fevral kuni ham AR3213 quyosh dog‘ida X1.1 sinfidagi kuchli quyosh chaqnashi qayd etilgandi. Ushbu hodisa SDO kosmik apparati asboblari tomonidan qayd etilgan. Chaqnash natijasida quyosh zarralari Yerga tomon harakatlangan, bu Janubiy Amerikada bir soat davomida radio uzilishiga olib kelgan. Quyosh zarralari oqimi nafaqat Yerdagi aloqaning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, balki kosmik sun’iy yo‘ldoshlarga, shuningdek, Xalqaro kosmik stansiyaga ham zarar yetkazishi mumkin.
Izoh (0)