“Barselona” bilan qisqa vaqt ichida katta yutuqlarga erishgan va Messining omma oldida ilk bor ko‘z yosh to‘kishiga sababchi bo‘lgan Tito Vilanovani xotirlab
Qisqa muddat murabbiylik qilib, muxlislar qalbidan joy olish har kimga ham nasib etavermaydi. Tito Vilanova ana shunday murabbiylardan biri edi. Xosep Gvardiola 2012-yil “Barselona”ni tark etganidan so‘ng, uning o‘rnini yordamchisi Tito egalladi. Kataloniya jamoasini bir mavsum boshqargan ispaniyalik mutaxassis 100 ochko to‘plab, chempionlik bilan birga o‘sha mavsumni tarixga muhrlab qo‘ya oldi. Afsuski, sog‘lig‘idagi muammolar sabab futboldan uzoqlashishga majbur bo‘ldi. 2014-yil 25-aprelda esa kasallik bilan kurashda yengilib, vafot etdi. “Barselona” muxlislarining sevimli murabbiylaridan biriga aylangan Titoning vafot etganiga 9 yil to‘ldi.
“Daryo” uning faoliyat yo‘li aks etgan fotogalereyani taqdim etadi.
Tito Vilanova 1968-yil 17-sentabrda Kataloniyaning Belkayresida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini “Barselona” yoshlar jamoasida boshlagan. Lekin qancha urinmasin, asosiy jamoaga o‘ta olmagan. Shundan so‘ng 1991-yilda “Figeres” jamoasiga o‘tib ketadiFoto: GoleadorKelajakda eng qadrdon do‘stlarga aylanadigan Gvardiola va VilanovaFoto: TwitterTito Pep Gvardiola bilan birgalikda “Barselona” yoshlar jamoasida ishladi. 2008-yilda esa sheriklarga “Barselona”ning asosiy jamoasini boshqarish nasib etdi.Foto: Getty ImagesPep va Tito birgalikda mukammal ishni eplay olgan, har biri o‘z vazifasini a’lo darajada bajargan.Foto: Getty ImagesFoto: “Barselona”Ular go‘yo bir butun edi. Biri hissiyotlariga erk bersa, boshqasi bosiqlik bilan futbolchilarga ko‘rsatmalar berardi. Tito Pepni, Pep esa Titoni to‘ldirib turardi.Foto: Getty ImagesO‘sha paytdagi “Barselona” barchani dahshatga solardi. Jamoa to‘rt mavsumda 14 ta sovrin jamg‘arishni uddaladi.Foto: Getty Images2012-yilda Pep Gvardiola “Barselona”dan ketgach, uning o‘rniga Tito Vilanova bosh murabbiyga aylandi.Foto: Getty Images2012-yilgi Ispaniya Superkubogidan oldin Joze Mourinyo bilan.Foto: Getty ImagesVilanova Gvardiolaning o‘rnini bildirmaslikka urindi. Pepning o‘yin uslubini davom ettirishga harakat qildi.Foto: Getty ImagesTito Vilanova jamoaning asosiy futbolchisi Lionel Messi bilan suhbatlashmoqda.Foto: Getty ImagesTito boshchiligida jamoa 2012/13-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 100 ochko to‘plab, chempionga aylandi.Foto: Getty Images100 ochko to‘plash nafaqat “Barselona”, balki dunyo futboli tarixidagi kamdan-kam ro‘y beradigan hodisa edi.Foto: Getty ImagesFoto: Getty ImagesChempionlar Ligasida esa omad yuz o‘girdi. Yarim finalda “Bavariya” “Barselona” darvozasiga ikki o‘yinda 7 ta gol urdi.Foto: Getty ImagesAfsuski, sog‘lig‘idagi muammo sabab Tito 2013-yilda iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.Foto: Getty Images2014-yil 25-aprelda Tito Vilanova saraton tufayli hayotdan ko‘z yumdi.Foto: Getty Images2014-yil 28-aprel kuni Vilanovaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.Foto: Getty ImagesFoto: Getty ImagesFoto: Getty ImagesO‘sha kuni futbol ommasi ilk bor Lionel Messining ko‘z yosh to‘kishiga guvoh bo‘ldi.Foto: Getty Images2014-yil 3-may kuni La Ligada “Xetafe”ga qarshi o‘yin Tito Vilanovani xotirlash bilan boshlandi.Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images“Kamp Nou” stadionida Vilanovani xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdiFoto: Getty ImagesFoto: Getty ImagesFoto: Getty Images2015-yil 20-fevralda “Barselona” mashg‘ulotlar bazasidan biriga Tito Vilanova nomi berildi. Unda marhumning rafiqasi va farzandlari ishtirok etdi.Foto: Getty ImagesFoto: Getty ImagesTito Vilanova qisqa muddat “Barselona”ga murabbiylik qilgan bo‘lsa-da, o‘zidan esda qolarli natijalarni qoldirib ketdi.Foto: Getty Images
Izoh (0)