Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan bir qator hududiy boshqarmalari boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Mayor Husniddin Qosimxo‘jayev — Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘ining profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘ining Moliya-iqtisod va moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik O‘rinboy Hakimov — Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘ining Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xayrullo Rahmetov — Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati FVB boshlig‘ining Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Behzod Rahimov — Jizzax viloyati FVB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Xorazm viloyati FVB boshlig‘ining Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Abdurasuljon Rahimov — Andijon viloyati FVB boshlig‘ining profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Namangan viloyati FVB boshlig‘ining Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Bahromjon Rajapov — Namangan viloyati FVB boshlig‘ining profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Andijon viloyati FVB boshlig‘ining Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik G‘olib Ravshanov — Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati FVB boshlig‘ining Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mirzoxid Ostonov — Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘ining Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mansur Norqulov — Buxoro viloyati FVB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati FVB Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik O‘tkir Mamatov — Samarqand viloyati FVB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati FVB boshlig‘ining Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Xusan Bobonov — Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari —Shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Botir Ashurov — Farg‘ona viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar uAndijon viloyati FVB boshlig‘ining Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sherzod Abdullajonov — Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘ining profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Nodirjon Abdullayev — Xorazm viloyati FVB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘ining Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Baxtiyor Rejepov — Navoiy viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Shaxboz Muhammajonov — Toshkent viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati FVB Chirchiq shahar FV bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kapitan Maqsud Mansurov — Toshkent viloyati FVB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati FVB Davlat tizimi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
May oyida O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlangandi.
Izoh (0)