Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida xalqaro asal festivali boshlandi. Bu haqda Daryo muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu festivalda mahalliy va Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi xorijiy davlatlardan kelgan 200 nafardan ortiq asal yetishtiruvchilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Foto: Ozoda Ozodova
Ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqovning qayd etishicha, Namangan asalari paketlari eksporti bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinda turibdi: xorijga chiqarilayotgan ushbu mahsulotlarning 70 foizi viloyat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova
“Viloyatda asal yetishtirish ko‘rsatkichlari ham yildan-yilga ortib bormoqda. O‘tgan yili 4832 tonna asal yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 5617 tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Asalarichilikka ixtisoslashgan mahallalarimiz ham ko‘payib borayotgani ham kishini quvontiradi”, — deydi Shavkat Abdurazzoqov.

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova
.jpg?_t=1698423806)
Foto: Ozoda Ozodova
Marosim mehmonlaridan biri — O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xayitovning taʼkidlashicha, asalarichilik mamlakatdagi fermer va tomorqa xo‘jaliklarining yetakchi va yaxshigina daromad keltiruvchi yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova
Uch kun davom etadigan festival davomida asalarichilikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan anjuman va tadbirkorlarning biznes-muloqotlari, dorbozlar, polvonlar va askiyachilar chiqishlari, konsert dasturlari, milliy liboslar ko‘rgazmasi va palov chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova
Shuningdek, festival doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga 1 tonna asal bepul tarqatilishi ham ko‘zda tutilgan.

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova

Foto: Ozoda Ozodova
Izoh (0)