Dekabr oyi — yilni sarhisob qilish vaqti. Yirik kino maʼlumotlari internet bazasi IMDb ham ortda qolayotgan yil hisobotini boshladi va so‘nggi 12 oy ichida eng mashhur kino yulduzlarini eʼlon qildi.
Reyting haftalik IMDbPro STARmeter jadvalidagi maʼlumotlarga asoslanadi. U saytdagi aktyorlarning sahifalarini ko‘rish asosida shakllantirilgan. Ro‘yxatga har oyda sahifasiga 200 milliondan ortiq foydalanuvchi tashrif buyurgan aktyorlar kirdi.
Kutilmaganda, Kristofer Nolanning “Oppengeymer” tarixiy dramasining bosh qahramoni va “Oskar —2024” uchun asosiy daʼvogar Killian Merfi o‘ninchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Karla Gudjino 9-o‘rin

Keti Sakhoff 8-o‘rin

Rebekka Fergyuson 7-o‘rin

Margo Robbi 6-o‘rin

Bella Ramzi 5-o‘rin

Jenna Ortega 4-o‘rin

Ana de Armas 3-o‘rin

Meri Elizabet 2-o‘rin

Pedro Paskal 1-o‘rin

Izoh (0)