2023-yil 31-dekabr kuni Namangan shahridagi avtobuslar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Oqilxon Mamajonov
Bu tashabbus viloyat hokimi taklifiga asosan Yangi yil bayramida aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgani bildirilmoqda.
Viloyat transport boshqarmasi xabariga ko‘ra, shahar aholisi va mehmonlari ertaga, 31-dekabr kuni Namangan shahridagi jami 9 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslar xizmatidan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)