Islandiya poytaxti Reykyavikdan 50 kilometr uzoqlikda vulqon otilishi boshlandi. Bu haqda Iceland Review xabar berdi.

Bu Reykyanes yarim orolida 2023-yilning dekabr oyidan buyon sodir bo‘lgan uchinchi vulqon otilishidir.
Islandiya ob-havo xizmati mutaxassislari seysmik faollik mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da Silingarfell tog‘idan shimoli-sharqda kuzatilganini ma’lum qildi. Vulqon otilishi taxminan 30 daqiqadan keyin boshlangan.
Mutaxassislarning fikricha, lava oqimi 50-80 metrga yetadi.
https://twitter.com/i/status/1755732811678454018Islandiya meteorologiya boshqarmasining sohil qo‘riqlash xizmati kuzatuv parvozini amalga oshirgan. Grindavikdan bir kilometr uzoqlikda, 18-dekabr kuni vulqon otilgan joy yaqinida yoriq ochilgani aniqlangan.
Izoh (0)