Namanganda ilk bor viloyat qo‘g‘irchoq teatri faoliyatini boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Ulug‘bek Nurmatov
Namangan shahridagi sobiq “O‘zbekiston” kinoteatri binosini qayta taʼmirlash va jihozlash ishlariga 19 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

Foto: Ulug‘bek Nurmatov
Bayramona bezatilgan 240 o‘rinli tomosha zali va 70 o‘rinli kinozal bolalar ixtiyoriga topshirildi.

Foto: Ulug‘bek Nurmatov
Teatrning kirish qismida yosh tomoshabinlarni turli asarlar qahramonlari bo‘lgan qo‘g‘irchoqlar qarshi oladi. Shu yerning o‘zida qo‘g‘irchoqlarni tayyorlash sexi ham o‘rin olgan.

Foto: Ulug‘bek Nurmatov

Foto: Ulug‘bek Nurmatov
Ochilish marosimida mehmonlarga yangi teatrdagi ilk sahna asari — Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Alisher Navoiy va Husaynning yoshligi” spektakli namoyish etildi.

Foto: Ulug‘bek Nurmatov
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov ishtirok etdi.

Foto: Ulug‘bek Nurmatov
Izoh (0)