Bugungi kunda blogerlar jamiyat hayotining faol a’zolaridan biriga aylangan. Ularning ko‘pchiligida asosiy daromad manbayi ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalardan iborat. Quyida eng mashhur blogerlar reklama narxlari bilan tanishamiz.
Ahad Qayum

Shoir, rejissyor, aktyor Ahad Qayum o‘zining Instagram sahifasida reklama joylashtirish narxi:
Stories: 7 million so‘m, post: 25 million so‘m.
Maftuna Shokirova
Iste’dodli vayner Maftuna Shokirova aslida professional aktrisa, ammo uni ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlardagi videolari orqali yaxshi taniydi. Uning Instagram’dagi reklama narxlari quyidagicha:
Stories: 700, post: 2500 dollar.
Jahongir Xo‘jayev

Sariq bola taxallusi bilan tanilgan komik aktyor Jahongir Xo‘jayev Instagram’da juda faoldir. U ko‘pgina yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda reklama olishda katta tajribaga ega. Aktyorning Instagramda reklama roligida suratga tushish va joylashtirish narxi:
Stories: $1000, post: $3000.
Mo‘min Ibrohimov

“Million” jamoasi aktyori, boshlovchi, “QVZ” ishtirokchisi Mo‘min Ibrohimov vaynerlik bilan ham shug‘ullanib keladi. Uning Instagram sahifasidagi reklama narxi:
Stories: $1200, post: $5000.
Bobur Mansurov

Ijtimoiy tarmoqlardagi hazil videolari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan Bobur Mansurov hozirda talabgor vaynerlardan biriga aylanib ulgurgan. Instagramda aktyorning reklama narxlari:
Stories: $1500, post: $5000.
Dilshod Nazarov

Aktyor, bloger, vayner Dilshod Nazarov o‘zbek xalqi orasida Dili.me taxallusi bilan mashhur. U barcha ijtimoiy tarmoqlarda doimiy faol blogerlardan biridir. Uning reklama narxlari bilan tanishing:
Stories: $1500, post: $5000.
Ulug‘bek Shodibekov

Asl ism-familiyasi Ulug‘bek Shodibekov bo‘lgan vayner Mitti.me Instagramdagi obunachilari soni 2,5 milliondan oshadi. Uning reklama narxi:
Stories: $1300, post: $6000.
Bonus: “Daryo” internet nashrining Instagram sahifasida reklama berish narxi: 2 million 520 ming so‘m. Bu summa evaziga reklama “Daryo” internet nashrining 1 million 400 ming kuzatuvchisi bo‘lgan Instagram hamda Facebook sahifasida e’lon qilinadi.
Izoh (0)