Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, “Barselona” sport direktori shaharning restoranlaridan birida agentlar Rafaela Pimenta va Maksvel bilan ko‘rishgan.
https://twitter.com/i/status/1762932230291128443Kataloniya klubi kelgusi transferlar rejasiga kiritilgan futbolchilar agenti bilan ko‘rishib o‘z qiziqishlarini bayon qilgan. Bu qiziqishlar doirasiga “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ham kirgani haqida xabar berilgan edi.
Bundan tashqari “Barselona” prezidenti Joan Laporta ham norvegiyalik hujumchini o‘z klubi safida ko‘rishni xohlayotganini aytgan edi.
- Holand “Manchester Siti” tarkibidagi so‘nggi uchrashuvni “Luton”ga qarshi o‘tkazib 58 daqiqa ichida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Izoh (0)