Rim papasi Fransisk Makka yaqinidagi Mino vodiysida ro‘y bergan fojia munosabati bilan butun dunyo musulmonlariga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mino vodiysida haj marosimlaridan biri — shaytonga tosh otish vaqtida yuzaga kelgan tiqilinch tufayli halok bo‘lganlar soni 717 kishiga yetdi, jabrlanuvchilar 800 nafardan oshib ketdi.
Izoh (0)