5-may, juma kuni Nyu-Yorkka kuchli yomg‘ir shiddatli shamol bilan birga yog‘ilib, suv toshqinini va transport tirbandliklarini keltirib chiqardi, deb yozadi Forum Daily.
Xabarlarga ko‘ra, uch soat ichida 7,6 sm yog‘ingarchilik tushgan. Sinoptiklar qayd etishicha, Markaziy xiyobon atrofidagi suv sathi 1871-yildagi rekord ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar oshib ketgan.
Kuchli yog‘ingarchilik natijasida shahar hukumati Gudzon daryosi bo‘ylab o‘tgan Vest-Sayd-Xayvey muhim avtomagistralini yopishga qaror qildi. Shu tufayli bu kuni transport tirbandliklari yuzaga keldi.
https://twitter.com/BuffingActions/status/860546235341705217
https://twitter.com/Paoyi2/status/860560243490738177
Shaharda qutqaruvchilar ishladi, ular avtomobillarni suv bosgan ko‘chalardan chiqarib olishga yordam berdi.
Noqulay ob-havo natijasida aeroportlarda ko‘plab reyslar kechiktirildi, qator parvozlar bekor qilindi.
Elektr toki bilan bog‘liq muammolar tufayli Nyu-Jersini Manxetten bilan bog‘lovchi ikkita temir yo‘l ishi to‘xtatildi.
https://twitter.com/DemaHanna/status/860533276271931392
Nyu-York fuqarolari tizzalarigacha suvga botgan holda uylariga yetib bordi. Tabiiy ofat natijasida jabrlanganlar haqida xabar berilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 6-may, shanba kuni Toshkent ham kuchli yomg‘irdan so‘ng suv ostida qoldi.
Izoh (0)